Bosh prokuratura huzuridagi inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Sayxunobod tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari T.O. byudjet mablag‘larini talon-taroj qilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, fermer xo‘jalik rahbari bank tomonidan chorva mollari sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini shartnomada ko‘rsatilgan maqsadga yo‘naltirmasdan, 230 million so‘mni naqdlashtirib, boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.