Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 4-maktab direktori 11-sinf o‘quvchisini kechikkani uchun urgan. Bu haqda o‘smirning onasi viloyat prokuraturasiga yozgan arizasida ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar berishicha, arizada ona direktor o‘g‘lini urib, quloq pardasini yirtib yuborganini ma’lum qilgan.

Jarqo‘rg‘on prokuraturasi mazkur ariza asosida tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda. Sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Bosh prokuraturadan xabar qilinishicha, ish ustidan mahkama nazorati o‘rnatilgan.