«Yuksalish» umummilliy harakati Adliya vazirligida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

«Yuksalish» umummilliy harakatining asosiy maqsadi islohotlar, shu jumladan davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, fuqarolar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarini ixtiyoriylik asosida birlashtirish hisoblanadi.