Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yangilangan saytida madaniy-ko‘ngilochar, sport va ko‘rgazma tadbirlari yagona milliy taqvimi e’lon qilindi.

Har oy rejalashtirilgan tadbirlarning qisqacha anonsi e’lon qilib boriladi. Masalan, martda, Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng kamida 30 ta tadbir, jumladan Xalqaro xotin-qizlar kuni va Navro‘z bayramlari, shuningdek sohalarga oid ko‘rgazmalar, dzyudo bo‘yicha Gran-pri va teatr haftaligi o‘tkaziladi.

Anonslarda tadbirlar o‘tkaziladigan sana va joy, uning tashkilotchilari va aloqa uchun ma’lumotlar ko‘rsatilgan.