Toshkent viloyati Qibray tumanida 60,66 gektar maydonda «Olimlar shaharchasi» bunyod etiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Bu yerda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari ob’ektlarini qurish rejalashtirilgan.
Muassasalarga tegishli davlat mulklarini tanlov asosida investorlarga beriladi.

Jumladan, botanika, matematika, mikrobiologiya, bioorganik kimyo, umumiy va noorganik kimyo, o‘simlik moddalari kimyosi va polimerlar kimyosi, non-plazma va lazer texnologiyalari institutlari, «Quyosh fizikasi» fizika-texnika instituti va xalqaro quyosh energiyasi instituti egallab turgan bino va inshootlar bo‘shatiladi.

2018 yil iyulida prezident Ulug‘bek shaharchasining bosh rejasini ishlab chiqish va u yerni ilmiy shaharchaga aylantirishni topshirgan edi.