O‘zbekiston Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi doirasida amalga oshirish uchun 60 mln dollarga yaqin mablag‘dagi 19 ta loyihani tayyorladi. Bu haqda payshanba kuni Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi, bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov xabar qildi. Ularning bir qismi Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlarni barpo etishga yo‘naltiriladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Orol ekologik muammosini hal etish uchun innovatsion yechimlar topish lozim. U BMT tuzilmalaridan Animal Planet, National Geographic, Wild BBC va boshqa xalqaro telekanallarni Oroldagi ekologik fojia to‘g‘risida hujjatli filmlar suratga olish uchun jalb qilishda ko‘maklashishni so‘radi.

Majlisda ma’lum qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, fond besh yil davomida 2 mlndan ziyod kishi istiqomat qilayotgan hududda yangi ish o‘rinlarini ochish, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarni yaxshilash uchun 123,2 mln dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston hukumati fondga 6,5 mln dollarlik birinchi transhni o‘tkazdi. Norvegiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Shveysariya hukumatlari bilan mablag‘ ajratish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi 2018 yil noyabrda BMT shafeligida tashkil etildi. Fondni tashkil etish tashabbusi esa O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi.