Otabek Anvarovich Nazirov Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali «Axborot 24» dasturi xabar qildi.

Davlat raqobat qo‘mitasi uch qismga bo‘linganidan so‘ng agentlik qimmatli qozog‘lar bozori, korporativ boshqaruv va fond birjalari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha vakolatlarga ega bo‘ldi.

Otabek Nazirov (1975 yilda tug‘ilgan) AQSHdagi Nyu-York universitetini tamomlab, makroiqtisodiyot mutaxassisligiga ega bo‘lgan. AQSHdagi Goldman Sachs Group, The Avascent Group, JPMorgan Chase, Rossiyadagi «Troyka Dialog» va MDM-Bank kabi kompaniya va muassasalarda faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yilning mayidan iyuniga qadar innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, bugungi kunga qadar — xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishladi.