Ayni paytda YUNESKO eksperti, Fransiya shaharsozlik instituti xalqaro aloqalar bo‘yicha menejeri E.Xoyberxts rahbarligidagi delegatsiya Samarqand shahri mehmoni bo‘lib turibdi. Delegatsiya a’zolari viloyat va shahar hokimligi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi rasmiy saytida xabar berildi.

— Taklifimizga binoan Samarqandga tashrif buyurgan ekspertlardan bir necha masalalarda hamkorlik kutyapmiz, — dedi Camarqand shahar hokimi F.Rahimov. — Birinchi navbatda, shahar bosh rejasini rasmiylashtirishda YUNESKO ekspertining fikrlari biz uchun muhim. Bundan tashqari, shaharning muhofaza ostidagi hududida qurilishi mumkin bo‘lgan mehmonxonalar va boshqa turistik inshootlar bo‘yicha maslahatlashuv ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ana shu binolarni hujjatlashtirishda ham hamkorlik qilmoqchimiz.

Yig‘ilishda YUNESKO eksperti Erik Xoyberxts O‘zbekistonda tarixiy obidalarni muhofaza qilish, shaharsozlik me’yorlari bo‘yicha mavjud qonun-qoidalar, hukumat qarorlari bilan qiziqdi. Shundan so‘ng, mehmonlar shahar xaritasi orqali uning tarixiy qismi, muhofaza etiladigan hududlar va ularning atroflari bilan tanishdi.

— Samarqanddagi tarixiy obidalar butun sayyora aholisi uchun ahamiyatga ega va biz ularni asrashda hamkorlik qilishdan manfaatdormiz, — deydi Erik Xoyberxts. — Shu kunlarda, me’yoriy hujjatlar, mavjud tarixiy ob’ektlarning 3D formatdagi suratlari, tarixiy hududdagi boshqa binolar bilan tanishyapmiz. Sizlardagi qoidalarga ko‘ra shaharning tarixiy qismida qurilishi lozim bo‘lgan binolarning ба­ландлиги 8 metrdan oshmasligi lozim ekan. Ammo ayni shu hududda sanoat korxonalari ham joylashgan. Bu masalada hokimlik bilan batafsil fikr almashamiz.

Yig‘ilishda Samarqand shahar bosh arxitektori F.Mardonqulov va shahar bosh rejasi loyihachilaridan biri — China Construk­tion Engineering Design Group Cor­poration Ltd professori Sun Syaolun shahar bosh rejasi xususida savollarga javob qaytardi.

Delegatsiya o‘z ishini bir hafta davom ettirib, shahar bosh rejasi bo‘yicha fikr almashishiga kelishib olindi.