Buxoro shahar hokimligi bo‘limi boshlig‘i B.Q. fuqaro B.M. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro S.R.dan Buxoro shahar hokimligi tassarufidagi kam ta’minlangan oilalar yotoqxonasidan ikki xonali uy ajratirib berish uchun pora olayotganda ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy Telegram-kanalida xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Buxro viloyati boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda hokimlik mutasaddisi talab qilgan 1200 dollarning 500 dollarini olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan B.Q. va B.M.larga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.