Toshkent Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar jarayonida poytaxtda faoliyat yuritayotgan umumbelgilangan soliq to‘lovi tizimiga o‘tgan 3501 ta korxonada malakali buxgalterlarga bo‘lgan ehtiyoj mavjudligini aniqladi, deya xabar qildi DSB matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Xabarda qayd etilishicha, poytaxt Bandlik bosh boshqarmasiga 300 nafardan ortiq buxgalterlar bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha murojaat qilgan.

Shu munosabat bilan DSB korxona va tashkilot rahbarlari Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining (78) 140−32−61, (78) 140−32−13 telefon raqamlari orqali murojaat qilib, yuqori bilim va tajribaga ega buxgalterlar haqida ma’lumot olishlari mumkinligini ma’lum qildi.