Diplomat Alisher Abdualiyev prezident farmoni bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Alisher Abdualiyev — Toshkent davlat universiteti bitiruvchisi. Mehnat faoliyatini 1989 yilda ushbu OTMdagi siyosiy iqtisod kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan.

1992−1995 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida faoliyat ko‘rsatdi. 1992−2012 yillarda Vazirlar Mahkamasida ham ish olib bordi. 2006 yilda prezident farmoni bilan «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Tayinlovga qadar 2012 yildan O‘zbekistonning Ukraina va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.