23 yanvar kuni taxminan 13:00 da Yashnobod tumanida Toshkent avtomobil halqa yo‘lida «KamAZ» yuk mashinasi va «VAZ-2107» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

«KamAZ"ning 28 yoshli haydovchisi Salohiddin Yu. oltinda ketayotgan avtomobilni aylanib o‘tishga urinib, yo‘l chetida turgan «Jiguli» bilan to‘qnashib ketadi va natijada shakar qoplari ortilgan «KamAZ» ag‘darilib ketadi.

Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi. Avariya vaqtida «Jiguli"da hech kim bo‘lmagan.