Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan giyohvand moddani olib o‘tish bilan bog‘liq harakat to‘xtatildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, «Ayritom» chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro A.S. giyohvandlik vositasini olib o‘tishni yangi usulini «kashf» etmoqchi bo‘ldi. Biroq, uning bu «kashfiyoti» ish bermadi.

Unga tegishli «ESSE» nomli sigaretaning ichida 0,21 gramm «gashish» giyohvandlik moddasi joylashtirilganligi aniqlanib, bojxona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.