O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Berlindan Myunxen shahriga keldi. O‘zbekiston delegatsiyasini Bavariya hukumati va jamoatchilik vakillari kutib oldi. O‘zbekiston davlat rahbari Bavariyada o‘qiyotgan, ishlayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

— Germaniyaga tashrif davomida juda katta kelishuvlarga erishildi. Sizlar bu yerda o‘qib, zamonaviy bilimlarni egallab O‘zbekistonning yanada taraqqiy etishiga o‘z hissalaringizni qo‘shasizlar, deb ishonaman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashadi.