Hukumat qarori bilan Sobir Erkinovich Xolmatov «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining innovatsion rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalari raqobatbardoshligini oshirish, eksport mahsulotlari turlarini va yetkazish hajmini kengaytirish «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.