2019 yil 16 yanvar kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida «Sharq» YPX maskanida Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi M.M. 920,45 gr. «opiy» giyohvandlik vositasini o‘zi bilan olib kelayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.