Prezidentning 2019 yil 17 yanvardagi qaroriga asosan kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirila boshladi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Chora-tadbirlar kompleksi kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalarida ishlab chiqarishning o‘sishiga va investitsiyaviy jozibadorligining oshishiga to‘sqinlik qilayotgan mavjud boshqaruv tuzilmasi, foydali qazilmalar zaxiralarining hisobini yuritish va baholash uslublari, moliyaviy hisobotlarning eskirgan shakllaridan voz kechishga yo‘naltirilgan.

Yangi tartibot yirik korxonalar raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish maqsadida investitsiyalarni jalb etishga qo‘shimcha sharoitlar yaratish imkonini beradi, u ikki bosqichda joriy etiladi.


2019 yil yakunidan boshlab tarmoq korxonalari:

2020 yil yakunidan boshlab quyidagilar amalga oshiriladi:

moliyaviy hisobotlarni majburiy tartibda xalqaro standartlar asosida tuzadi va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb etgan holda mustaqil tashqi auditni o‘tkazadi

Hisob va hisobot bo‘yicha xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablari asosida korporativ oshkoralikni tatbiq etish

aktivlarni sotish rentabelligi, aktiv va majburiyatlarning aylanishi, shuningdek xalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga asosan belgilanadigan boshqa ko‘rsatkichlar darajasi bo‘yicha minimal talablarni amaliyotga joriy qiladi

Global tashabbuskorlik hisobotiga (GRI) muvofiq hisobotlarni, shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar bo‘yicha chop etish


«Navoiy KMK» DK negizida uran qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha davlat korxonasi hamda qimmatbaho metallar qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati shaklidagi korxona tashkil etiladi.

Kon-metallurgiya tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etilib, unga quyidagi vazifalar yuklatildi:

a) 2019 yil 1 martga qadar «Navoiy KMK» DKni qayta tashkil etish va korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini tatbiq etish, shuningdek hujjatda nazarda tutilgan talablarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash;

b) kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirishning uzoq muddatli dasturlarini jadal amalga oshirish bo‘yicha vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

v) 2019 yil 1 mayga qadar kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalariga berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish va unifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

g) 2019 yil 1 iyulga qadar xalqaro moliya institutlari va konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda quyiddagilarning aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida ommaviy ravishda birlamchi va ikkilamchi joylashtirish orqali investorlarni jalb etishni nazarda tutuvchi Kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalarini isloh qilish va rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish:

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ — 2022 yilda;

«Olmaliq KMK» AJ — 2023 yilda;

aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etiladigan «Navoiy KMK» DK — 2023 yilda;

d) 2019 yil 1 dekabrga qadar «Navoiy KMK» DKni qayta tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlarni yakunlash hamda yangi tashkil etiladigan AJdagi davlat ulushini professional boshqaruv kompaniyalariga tanlov asosida ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha taklif kiritish.