28 yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo‘lgan himoyachi afsonaviy Roberto Karlos Toshkentga tashrif buyuradi, deya xabar qildi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Roberto Karlos tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o‘tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, braziliyalik futbolchi ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil qilinadi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilinadi. Roberto Karlos bu uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tushadi.

Shuningdek, tashrif davomida Roberto Karlosni o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishtirish ham rejalashtirilgan.