Qo‘qon shahrida xalq qabulxonasida ishlashini aytgan fuqaro arzon imtiyozli uylardan olib beraman deb, o‘z tanishini chuv tushirgan. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB mabuot xizmatiga tayanib O‘zA xabar bermoqda.

Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi B.O. ismli fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil sentyabr oyida tanishi N.R. uning ishonchiga kirib, o‘zini Xalq qabulxonasida ishlashini aytib, arzon imtiyozli uylardan olib beraman deb u ayoldan 5 ming 600 AQSH dollari va 3 million 650 ming so‘m pullarini olib, shu kunga qadar pullarini qaytarib bermay kelayotganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan N.R. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.