2019 yil 17 yanvar kuni soat 20:30 larda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Turon qishlog‘ida yashovchi F.Q. mast holda uyi oldida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan, Shahrisabz tumani Bejnom qishlog‘ida yashagan Yu.H.ni urib jarohat yetkazgan.

Natijada Yu.H. kasalxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 18 yanvar kuni vafot etgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, F.Q ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.