Vendo kompaniyalar guruhi hamda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti hamkorlik loyihasi asosida Samarqand shahrida (Gagarin ko‘chasidagi 7-umumta’lim maktabi yonida) birinchi marta info-kiosk faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi saytida xabar berildi.

Wi-fi tizimidan foydalanish, telefon qilish, turli ma’lumotlar olish kabi imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan info-kiosk xizmatlaridan bepul foydalanish mumkin.

Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, loyiha tajriba sifatida amalga oshirilayotgan bo‘lib, yaqin kelajakda shaharning sayyohlik hududlarida 200 ga yaqin shunday kiosklar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.