Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasida «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi va 2019−2021 yillarda konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi tasdiqlandi

Konsepsiyaga ko‘ra «aqlli transport», «aqlli ta’lim», «aqlli tibbiyot», «aqlli energitika tizimi», «aqlli qurilish» «aqlli kommunal xo‘jalik», «aqlli uy», «aqlli hokimiyat», «aqlli mahalla» kabi loyihalar «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etishning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilandi.