Hukumat qarori bilan Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritildi, deya xabar qildi Adliya vazirligi rasmiy Telegram-kanali.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, mehnatga haq to‘lashning 1-, 2- hamda 3-razryadlari koeffitsiyentlari 2,476, 2,725, 2,998 dan tegishlicha 2,847, 2,997, 3,148 ga oshirildi.

Kiritilgan qo‘shimchalar shuni anglatadiki, xodimlarga to‘lanadigan ish haqining eng kam miqdori 501 ming 959 so‘mdan 577 ming 172 so‘mga oshirildi.

Endilikda, O‘zbekistonda 577 ming 172 so‘mdan kam oylik ish haqi to‘lanishi mumkin emas.