O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Federal kansler Angela Merkelning taklifiga binoan 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbarining hamma sa’y-harakatlari, barcha safarlaridan maqsad bitta — xalq manfaatini ta’minlash. Iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan ham katta maqsadlar ko‘zlangan, deyiladi xabarda.

Uchrashuv va muzokarlar natijasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarida muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.