O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va sotiladigan oltin hajmlari bilan bog‘liq maxfiylik rejimi bekor qilinadi, deyiladi prezident Shavkat Mirziyoyevning 17 yanvardagi qarorida. Ushbu topshiriqni amalga oshirish bo‘yicha choralar bir oy muddat ichida qabul qilinishi lozim.

Hujjatda kon-metallurgiya tarmog‘i yirik korxonalarining rejim-maxfiy bo‘limlari odimlarining shtat birliklarini optimallashtirish topshirilgan.

Avvalroq Moliya vazirligi hukumat qarori loyihasida alohida ma’lumotlarni e’lon qilish bo‘yicha taqiqni olib tashlashni taklif etgan edi.

Ular orasida:

  • Foydali qazilmalarning umumiy zaxiralari, ularni qazib olish (ishlab chiqarish) va sotish, shuningdek mablag‘larni taqsimlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Olmaliq va Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatlarining 2013 yildan keyingi moliyaviy hisobotlarini milliy va xalqaro standartlar asosida;
  • Oltin-zaxira zaxiralari va ularning tuzilmasi haqidagi 2017 yil 1 yanvargacha bo‘lgan ma’lumotlar;
  • Davlat va davlat kafolatlagan qarzdorliklarning (ichki va tashqi) umumiy hajmi, ularning manbalari, valyutalar shakli, foiz stavkalari, qoplash shartlari, pullarni qaytarishning tashkilotlar kesimida qarzdorlik majburiyatlarini o‘z ichiga olgan to‘g‘risidagi ma’lumotlar.