O‘zbekiston professional futbol ligasi — PFL sport bo‘limi mutaxassisi Rodion Kondratev ta’magirlik bilan shug‘ullanayotgani fosh bo‘ldi bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

U Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani «Ittifoq» jamoasini Pro-liganing «V» ligasida ishtirok etishi uchun litsenziyalashdan o‘tkazib berish evaziga 2 500 AQSH dollari miqdorida pora so‘ragan. Bu haqda xabar topgan O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda maxsus tadbir o‘tkazdi. Ana shu tadbir natijasida bugun Rodion Kondratev O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yonida 1 500 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

Endilikda Rodion Kondratev o‘z qilmishi uchun qonunda belgilangan tartibda javogarlikka tortiladi. Shuningdek, Rodion Kondratev bilan birgalikda mana shunday ta’magarlikka qo‘l urgan jinoiy sheriklari ham qonun oldida javob beradi.