“Maxsustrans” korxonasi Toshkent aholisi va tashkilotlaridan qattiq maishiy va suyuq holdagi chiqindilarni olib ketish tariflari 1-fevraldan 15,3 foizga oshirilishi haqida xabar qildi.

Aholi uchun maishiy chiqindilarni olib ketish tarifi bir oyda har bir yashovchi kishi uchun 3900 so‘mdan 4500 so‘mga oshirildi.

Byudjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 1 kubometr qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketish bahosi 53986,56 so‘m (hozirda — 46788,3 so‘m), 1 tonna suyuq holatdagi chiqindi uchun esa — 20174,12 so‘m (17484,22) etib belgilandi.

Bunga qadar chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari 2018-yilning aprelida oshgan edi.