Toshkent hokimiyati 11 yanvar kuni poytaxtda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara to‘lovlari miqdorini tasdiqladi. Hujjatga ko‘ra, ijaralar narxi o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 70 foizga o‘sgan. Qayd etish joizki, 2018 yilda indeksatsiya miqdori 20 foiz, 2017 yilda 10 foiz va 2016 filda 12 foizni tashkil etgan.

Bino va inshootlar ijara to‘lovlari miqdori tasdiqlangan eng kam stavkalardan past bo‘lmasligi lozim. Ijara to‘lovi hajmini hisob-kitob qilish tartiblari Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilmoqda.

Toshkent shahrida davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2019 yilda qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam stavkalarini quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.