17 yanvar kuni taxminan 18:40 da Uchtepa tumani 23-mavzedagi 20-uyda to‘rtta kvartira balkoni qulab tushdi, deya xabar qildi Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

Balkonlar beshinchidan ikkinchi qavatgacha ustma-ust joylashgan bo‘lgan. Hodisa balkon ayvonlari g‘isht bilan o‘rab, ular konstruksiyasiga o‘zgartishlar kiritilgani sababli sodir bo‘lgan.