Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan tovarlarning noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qoidabuzarligi fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.N.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu xonadon egasi muqaddam qo‘shni davlatdan mamlakatimizga noqonuniy ravishda aylanma yo‘llar orqali olib kirilib, xorijda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan jami -14 million so‘mlik 3 turdagi ananas, banan kabi sitrus mevalari hamda yondirgich (zajigalka) tovarlarini o‘z yashash xonadonida noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.