Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotagan Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turida O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yinda hisobni dastlab Eldor Shomurodov ochdi. 40-daqiqada u ikki raqibni ortda qoldirib, gol urishga erishdi. Eldorning turnirda urgan gollari soni 4 taga yetdi.

Orada uch daqiqa o‘tib Muto Yoshinori hisobni 1:1 ko‘rinishga keltirib qo‘ygan bo‘lsa, 58-daqiqada Shiotani Yaponiyani oldinga olib chiqdi. Shu tariqa Yaponiya guruhda birinchi o‘rinni egalladi.