Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, to‘y va marosimlar o‘tkazish bilan bog‘liq, 100 tadan ortiq o‘tirish joyi bo‘lgan umumiy ovqatlanish korxonalari, kino va videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtincha pavilonlar, yozgi ochiq estrada, kinoteatrlar va raqs maydonchalari uchun turar joylar zonalarida joylashgan ob’ektlarni qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi.

Qonunchilikda mazkur tartibni istisno qiluvchi holatlar mavjud bo‘lib kiritilgan qo‘shimchalar bilan quyidagi ob’ektlarni ham qayta ixtisoslashtirish mumkinligi belgilandi:

ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalar;

savdo shoxobchalari;

yopiq suv havzalari;

issiqlik ta’minoti uchun avtonom qozonxonalar;

ko‘p qavatli garajlar.

Shuningdek, endilikda loyiha tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlarini bevosita o‘zlari sanitariya-epidemiologiya va yong‘inga qarshi nazorat xizmatlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishadi.