Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan O‘zbekistonga ov quroli patronlarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat byuojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Toyota Land Cruiser» avtomashinasida qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro Sh. B. tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs o‘z avtomashinasida bojxona nazoratidan yashirincha 9 dona ov-qurol patronlarini yurtimizga noqonuniy olib kirishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.