O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan «Jo‘shqin Gujarat — 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 17 yanvar kuni Hindistonning Ahmadobod shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Hindistonda davlat rahbarining tashrifiga katta qiziqish bilan qaralmoqda. Rasmiy doira vakillari ham, ommaviy axborot vositalari ham buni alohida ta’kidlashmoqda. Xususan 1,5 million tirajda chiqadigan «The Hindu» gazetasida «O‘zbekiston prezidenti sammitning bosh mehmoni bo‘ladi» nomli tahliliy maqola chop etildi, deyiladi xabarda.

«Jo‘shqin Gujarat» sammiti Gujarat shtatining yana bir shahri — Gandinagarda bo‘lib o‘tadi.