Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi, deya xabar qildi Adliya vazirligining rasmiy Telegram-kanalida.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, valyuta qimmatliklarini miqdoridan qat’i nazar qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ilgari faqat ancha miqdorda (eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravarigacha) ushbu harakatlarni amalga oshirish jinoyat deb topilgan.

Endilikda, ancha miqdorda valyuta qimmatliklarini olish yoki o‘tkazish javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi va ma’muriy jazo qo‘llanilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.