Buxoro-Urganch-Xiva yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l qatnovi 2019 yildan boshlab yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirgi kunda infratuzilmalar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ushbu liniyada yo‘lovchi tashish tizimiga to‘liq o‘tildi.

Matbuot xizmatining yozishicha, mazkur yangi liniya orqali tarixiy shaharlar bo‘ylab keng qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi turistlar oqimining oshishi hamda ichki turizmning rivojlanishiga, qolaversa viloyatlararo yo‘lovchilar qatnovlarining kengayishiga xizmat qiladi.