2018 yilgi mavsumda Toshkentning «Lokomotiv» safida faoliyat yuritgan Sardor Rashidov keyingi faoliyatini Yevropada, Portugaliyaning «Nasonal» klubi safida davom ettiradi. Bu haqda «Lokomotiv"ning telegramdagi kanali orqali xabar berildi.

O‘tgan yilning yanvarida «Lokomotiv» safini to‘ldirgan Sardor jamoa tarkibida 31 o‘yinda qatnashdi va 11 gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.