Xorazm viloyati Gurlan tuman hokimining yordamchisi U.K. fuqaro U.dan uni tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tizimidagi muassasalarning biriga ishga kiritib qo‘yish evaziga 600 AQSH dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy Telegram-kanalida xabar qilindi.

Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Gurlan tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Departament xodimlari tomonidan U.K.ning ko‘rsatmasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, tuman MTM bo‘limining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi M.M. tuman hokimi yordamchisi U.K. bilan uchrashib oldindan kelishilgan 600 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar U.K. va M.M.ga nisbatan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.