O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Nizom bilan qo‘mita va uning tarkibiy bo‘linmalarining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, huquq va javobgarligi belgilandi.

Qo‘mita quyidagilar uchun javob beradi:

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;

Qo‘mita faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasi va prezident administatsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, qo‘mita tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

sohani rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, «yo‘l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish va muammolarning yechilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.