«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan «Metrovagonmash» AJ (Rossiya) bilan o‘tkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasida to‘rt vagonli tarkibdagi ikkita motorli bosh vagon, bitta oraliq motorli va bitta oraliq motorsiz vagondan iborat beshta sostav xarid qilish to‘g‘risidagi Memorandum ahdlashuviga erishildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bitimni moliyalashtirish manbalari, shuningdek, Rossiya vagonlari va uskunalarini transportda tashish shartlari regulation.gov.uz. me’yoriy-huquqiy hujjat loyihalarini muhokama qilish portalida keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident Shavkat Mirziyoyevning «Toshkent metropolitenining yer ustki liniyasi uchun harakatdagi sostav vagonlarini xarid qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasida bayon qilingan.

Xususan, qaror loyihasiga muvofiq, loyihani investitsiyalash davrida moliyaviy xarajatlar to‘loviga yo‘naltiriladigan O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi rekonstruksiya va rivojlantirish jamg‘armasi krediti, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyat banki kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.

Unda jalb etilayotgan kreditlarni qaytarish, foizlarni to‘lash, komissiya va ular bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ buyurtmalari asosida mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyati 2019 yil 1 martgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘rnatilgan tartibda «Toshkent metropolitenining yer ustki liniyasi uchun harakatdagi sostav vagonlarini xarid qilish» loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini tasdiqlash uchun kiritadi.