Joriy yilning 16 yanvar kuni Samarqand shahridagi 51-sonli nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga nemis faylasufi, tilshunoslik fanining asoschilaridan biri, Prussiyada gimnaziya ta’limining islohotlarini amalga oshirgan davlat arbobi, diplomat Vilgelm fon Humboldt nomi berilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Sarvar Boboxo‘jayev, Germaniyaning xorijdagi maktablari Markaziy boshqarmasi rahbari Barbara Damboldt va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir so‘nggida mehmonlar ta’lim muassasasi faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.