Buyuk Britaniya parlamenti Jamoalar palatasi seshanba kuni Tereza Mey tomonidan taklif qilingan Yevroittifoqdan chiqish to‘g‘risidagi shartnomaga qarshi ovoz berdi. Leyboristlar partaiyasi yetakchisi Jeremi Korbin esa hukumatga ishonchsizlik votumini e’lon qilish tashabbusi bilan chiqdi, deya xabar qildi BBC rus xizmati.

Shartnomaga qarshi 432 deputat qarshi chiqqan bo‘lsa, 202 deputat uni yoqladi. Hukumatning 230 ovoz farqi bilan mag‘lubiyatga uchrashi britan parlamenti tarixida hech qachon bo‘lgan emas. Bu hukumatning iste’fosi, muddatidan oldingi saylovlar, shartnomaning kechiktirilishi yoki Britaniyaning Yevroittifoq a’zoligi to‘g‘risida takroriy referendum o‘tkazilishiga olib kelishi mumkin.

Agarda votum e’lon qilinsa, konservatorlar ikki hafta ichida yangi hukumatni shakllantirishi, aks holda navbatdan tashqari saylovlarni e’lon qilishga to‘g‘ri keladi. Hozirda konservatorlar va leyboristlar reytingi 36−41 foiz oralig‘ida.

Jamoalar palatasi hukumatga agarda shartnoma rad etilsa, uch kun ichida parlamentga yangi shartnomani taqdim etish majburiyatini yukladi. Biroq YeI vakillari shartnoma loyihasi ko‘rib chiqilmasligi, bu Buyuk Britaniya uchun ilgari surish mumkin bo‘lgan eng yaxshi taklif ekanini ma’lum qildi.