Qamchiq dovonining A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 228−253-kilometrlari oralig‘ida qor ko‘chishi ehtimoli borligi sababli havfsizlikni ta’minlash maqsadida «Qamchiq» dovonida vaqtinchalik avtomobil qatnovi to‘xtatiladi, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, qor ko‘chkisi xavfi O‘zbekistonning barcha tog‘li hududlarida 18 yanvargacha saqlanib qoladi. Yaqin kunlarda Qamchiqda qor yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi −5…0, kunduzi — 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.