O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga binoan O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov navbatdagi general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikromovga general-mayor harbiy unvoni berildi.