Istamov Mahmud Shuhratovich rrezident qaroriga muvofiq Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Mahmud Istamov Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligida va prezident adminstratsiyasida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Hozirga qadar Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Meliyev Xudoyor Xurramovich prezident qaroriga muvofiq Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Xudoyor Meliyev Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Hozirga qadar Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimda faoliyat yuritib kelgan.