O‘zbekiston terma jamoasi 8−12 yanvar kunlari Jakartada bo‘lib o‘tgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida yettita medalni (to‘rtta bronza, ikkita kumush va bitta oltin) qo‘lga kiritdi, deya xabar qildi Velosport federatsiyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida.

Olga Zabelinskaya 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari sohibasiga aylangan bo‘lsa, Yanina Kuskova 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Murod Xolmurodov esa 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Juftlik poygasida O.Zabelinskaya va Ye.Knebeleva kumush medaliga sazovor bo‘lishdi!

Musobaqalar sportchilarga 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan 32-yozgi Olimpiya va 16-Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun reyting ballarini taqdim etadi.

Jamoani chempionatga murabbiy Vadim Shayexov tayyorladi. Terma jamoa tarkibidan Olga Zabelinskaya, Aleksey Fomovskiy, Danil Yevdokimov, Murodjon Xolmurodov, Yekaterina Knebelova hamda Osiyo chempionatida ilk bor ishtirok etayogan Yanina Kuskova va Dmitriy Sirko o‘rin olgan.