Jo‘rayev Nodir Savriddinovich Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi «Huquqiy axborot» Telegram-kanali.

Nodir Jo‘rayev Toshkent Davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Adliya vazirligi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan Nodir Jo‘rayev o‘zining ishchanlik xususiyatlarini va fidoyiligini namoyon etib, adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi prezident farmoniga muvofiq, Davlat raqobat qo‘mitasi bazasida tashkil etildi.