«O‘zagroservis» aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Hukumatning qarori bilan «O‘zagroservis» AJ rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 74 ta tashkilot mavjud edi.