Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichi ikkinchi turida Turkmaniston jamoasi ustidan g‘alabaga erishdi. Dubay amirligida yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 4:0 hisobida yakunlandi.Foto: twitter.com/afcasiancup.

Bosh murabbiy Ektor Kuper Ummon ustidan g‘alabaga erishilgan (2:1) o‘yindan farqli ravishda, boshlang‘ich tarkibga uchta o‘zgartish kiritdi. Chetlatilgan Yegor Krimets o‘rniga markaziy himoyada Islom To‘xtaxo‘jayev, Sardor Rashidov o‘rniga esa Doston Hamdamov tushirildi. Birinchi turda g‘alaba golini kiritgan Eldor Shomurodov Marat Bikmayev bilan o‘rin almashdi.

Turkmaniston juda ehtiyotkor — 5−4−1, O‘zbekiston esa standart 4−2−3−1 sxemani tanladi.

Javohir Siddiqov. Foto: O‘FA matbuot xizmati.

O‘zbekiston barcha to‘rtta golni birinchi taymda kiritdi. Gollarga yarim himoyachi Javohir Siddiqov (17'), Jaloliddin Masharipov (40') va Eldor Shomurodov (24', 42') mualliflik qildi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati.

F guruhining parallel uchrashuvida Yaponiya Umonni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ayni vaqtda kvartetni 6 ochko bilan O‘zbekiston boshqarmoqda. Keyingi o‘rinlarda Yaponiya (6), Ummon (0) va Turkmaniston (0) bormoqda.

O‘zbekiston 17-yanvar kuni Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi.

Osiyo Kubogi 5yanvardan 1-fevralga qadar Abu-Dabi, Dubay, Al-Ayn, Sharja shaharlarida bo‘lib o‘tadi.