Namangan viloyati bojxona boshqarmasi «Kosonsoy» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan televizorlarni postdan noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaro Sh. J. belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgan mahsulotlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlab, qo‘shni davlatdan O‘zbekiston Respublikasiga «Kosonsoy» chegara bojxona posti orqali xorijda ishlab chiqarilgan 8 dona rangli televizorlarni 8 nafar fuqarolar ko‘magida «Kosonsoy» chegara bojxona posti orqali noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Fuqaro Sh. J. bu nayrangi bilan 13,6 million so‘mlik televizorlar uchun bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlamoqchi bo‘lgan ekan. Ammo, uning bu rejasini bojxonachilar puchga chiqarishdi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.